Turmush qurganda zinokor erkakka zinokor bo'lmagan qiz yoki aksincha, zinokor bo'lmagan erkakka zinokor bo'lgan qiz duch kelib qolishi mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, Alloh taolo bandalarini sinash uchun hayotda gohida shunday juftlarni taqdir qilishi mumkin. "Nur" surasining 26-oyati esa pokiza insonga pokiza juft, zinokorga esa zinokor kimsa munosib va loyiq ekanini anglatadi. Mufassir ulamolar ta'kidlaganlaridek, pokiza inson faqat o'zi kabi pokizaga yarashadi, ammo kishi juftining buzuqligini bila turib unga rozi bo'lsa, o'zi ham bir ma'noda unga o'xshab qoladi. Shu bois, mo'minlar doimo o'zlariga teng va munosib, halol-pokiza juft tanlashga intilishlari lozim. Vallohu a'lam.