SO‘YILGAN TOVUQNING ICHIDAN CHIQQAN TUXUMNI YESA BO‘LADIMI?

ID: 577

04.04.2025

63

Savol:

Do‘stlarim bilan tovuq so‘ygandik. U tuxum qilayotgan tovuq ekan. Ichidan tuxumlari chiqdi. Sherigim buni yesa bo‘ladi, deb pishirib yedi. Uni yesa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Shar’iy qoidalarga muvofiq so‘yilgan tovuqning ichidan chiqqan tuxumlar qanday holatda bo‘lsa ham, ularni yeyish joiz. Chunki u tovuqning a’zolardan biri. Tovuqni shar’iy so‘yish bilan, uning najosat bo‘lmagan a’zolari ham halol bo‘ladi.

Endi harom o‘lgan tovuqning ichidan chiqqan tuxumga kelsak, bu haqda alloma Alouddin Kosoniy shunday deydilar:

وإذا خرجت من الدجاجة الميتة بيضة تؤكل عندنا -الحنفية- سواء اشتد قشرها أو لم يشتد، وعند الشافعي رحمه الله إن اشتد قشرها تؤكل وإلا فلا، 

“Harom o‘lgan tovuqni ichidan chiqqan tuxum biz hanafiylarning nazdimizda yeyiladi, xoh tuxumning po‘sti qotgan bo‘lsin, xoh qotmagan bo‘lsin. Imom Shofe’iy rahimahullohning nazdlarida tuxumning po‘chog‘i qotgan bo‘lsa, yeyiladi, qotmagan bo‘lsa, yeyilmaydi” ("Badoi’us sanoi’" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar