Biz bozorda ishlaymiz. Uydan bozorga tongda chiqib ketamiz. Ba'zan sovuq kunlarda g'usl qilish uchun imkon bo'lmaydi. Tayammum qilib ishga chiqib ketsam va bomdodni o'qib, peshin vaqtigacha uyga qaytib g'usl qilsam bo'ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Sovuq sababli g'usl qilish uzrli bo'lsa, poklanish uchun tayammum qilinadi va tayammumdan keyin tahorat olish shart emas. Agar tayammumdan keyin tahoratni buzuvchi holatlar bo'lsa, namozlarni tahorat qilib o'qiyveradi. G'uslga sharoit bo'lishi bilan g'usl qilib olish kerak bo'ladi. Sovuq kunda g'usl o'rniga tayammum qilish to'g'risida Alouddin Kosoniy rahimahulloh shunday deydilar: أجنب في ليلة باردة يخاف على نفسه الهلاك لو اغتسل ولم يقدر على تسخين الماء ولا على اجرة الحمام في المصر اجزأه التيمم في قول أبى حنيفة وقال أبو يوسف ومحمد ان كان في المصر لا يجزئه ya'ni: “Kishi sovuq kechada junub bo'lib, g'usl qilsa halokatiga sabab bo'lishidan xavf qilsa va suvni isitish imkoni bo'lmasa, shuningdek, shahar hammomining to'loviga ham qodir bo'lmasa, Imom Abu Hanifa rohimahullohning qavliga binoan mazkur kishi tayammum qilishi joiz bo'ladi. Imom Abu Юsuf va Imom Muhammadlar esa: “Agar shahar hududida bo'lsa, tayammum qilishi joiz bo'lmaydi”, deganlar...” (“Badoi'us sanoe'” kitobi). Sovuq kunda junub kishi tayammum qilish joiz bo'lishi uchun sovuqlik darajasi юqori bo'lib, inson hayotiga yoki salomatligiga xavf tug'diradigan darajada bo'lishi va issiq suv topish imkoni bo'lmasligi lozim. Vallohu a'lam.