SOVUN NOPOKMI?

ID: 12

04.04.2025

108

Savol:

Pok suvda, pok kiyimni yangi sovun bilan yuvsa, kiyim nopok bo‘lib qolmaydimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Yangi sovun nopok hisoblanmaydi. Hatto ishlab chiqarish jarayonida nopok moddalar qo‘shilgan taqdirda ham kimyoviy o‘zgarish jarayonidagi o‘zgarishlar tufayli ular boshqa narsaga, ya’ni sovunga aylanib qoladi va u shariat qoidasiga ko‘ra halol hisoblanaveradi. Dinimizda barcha narsalar, agar ularning nopokligi aniq bo‘lmasa, pok hisoblanadi. Masalan, yangi kiyim sotib olingan kiyim nopok degan gumon bilan yuvilmaydi. Qachon unda najosat borligi aniq bo‘lsagina, yuviladi. Fiqhiy manbalarimizda bu haqida mana bunday kelgan:

لأن الطهارة في الأشياء أصل، والنجاسة عارض، فيجري على الأصل حتى يعلم حدوث العارض

 “...narsalardagi asl holat bu ularning pokligi bo‘lib, najosat bo‘lishi oriziy(keyin paydo) bo‘ladigan narsadir. Shunga ko‘ra narsalarning, to nopokligi ma’lum bo‘lmagunicha asl holatiga (ya’ni pok ekaniga) hukm qilinaveradi”. (“Muhiti Burhoniy” kitobi).

 ( وَ ) يَطْهُرُ ( زَيْتٌ ) تَنَجَّسَ ( بِجَعْلِهِ صَابُونًا ) بِهِ يُفْتَى لِلْبَلْوَى .

“Najosat bo‘lgan yog‘ sovunga aylantirish bilan pok bo‘ladi. Umumiy balvo (omma mubtalo bo‘ladiganligi) tufayli shunga fatvo berilgan”. (“Raddul muhtor” kitobi). Shunga ko‘ra siz aytgan holatlarda kiyim yoki suv nopok bo‘lib qolmaydi. Vallohu a’lam.   O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar