Assalomu alaykum. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn kinolar pulga sotilyapti. Men shu kinoni sotib olib, boshqalarga sotsam bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Oddiy foydalanuvchi sifatida sotib olingan kinoni elektron nusxasini boshqalarga pul evaziga sotish durustmas. Chunki bu mualliflik huquqlarini buzish sanaladi. Uni tijorat maqsadida sotish uchun asl egasidan tarqatish huquqi-liцenziya olishingiz shart. Qolaversa, tijorat halol bo'lishi uchun kinoning mazmuni shariatga zid bo'lmasligi, ya'ni fahsh va harom kadrlardan xoli bo'lishi kerak. Vallohu a'lam.