Men dõstimni oģir gunohlardan biri bõlmish erkak bilan erkak aloqa qilishi ustida ushlab oldim bu ish qachalar notõģri ekanligini va bu gunohdan qanday qilib tavba qilish kerakligi haqida kõrsatma bersagiz shoyat bir insoning haqqga ergashishiga kõmak bersak javob uchun oldindan rahmat
Bismillahir Rohmanir Rohim. Erkak kishi bilan erkak kishining noodatiy, buzuq aloqasiga “livota”, deyiladi. O'tgan qavmlar ichidan Alloh taologa isyon qilib, bu amal bilan shug'ullangan qavm adashgan – Sadum qavmi bo'lib, Alloh taolo Lut alayhissalomni ularga payg'ambar qilib юborgan. Ular ulkan gunoh – livota bilan shug'ullanishar edi. Lut alayhissalomning adashgan qavmi bilan munozara qilgani haqida Alloh taolo O'z kalomida shunday xabar beradi: "أَتَأْتُونَ الذُّكْرَانَ مِنَ الْعَالَمِينَ * وَتَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمْ رَبُّكُمْ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ عَادُونَ" (سورة الشعراء/165-166) “Sizlar butun olamlardan (ajrab) hech bir jonzot qilmagan ishni qilib erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Va Parvardigoringiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo'q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar”. (Shuaro surasi, 165-166-oyatlar) Alloh taolo bu adashgan, zolim qavmni insoniylik chegarasidan chiqib, hayvon darajasiga tushib qolganliklarini ta'kidlamoqda. Hatto hayvonlik tabiati ham bu nopok ishdan jirkanadi. Unday amalni qilganlar hayvondan ham tubanroqdirlar! Ana o'shanday isyonkor qavmni holati nima bo'lganligi Qur'onda shunday bayon qilingan: "فَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَالِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةً مِنْ سِجِّيلٍ مَنْضُودٍ * مُسَوَّمَةً عِنْدَ رَبِّكَ وَمَا هِيَ مِنَ الظَّالِمِينَ بِبَعِيدٍ" (سورة الهود/82-83)
“Endi qachonki Bizning farmonimiz (ya'ni azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustun qilib юbordik va ularning (kofirlarning) ustiga Parvardigoringiz dargohida belgilab qo'yilgan sopol toshlarni paydar-pay yog'dirdik. (Ey Muhammad), u joylar bu zolimlardan (ya'ni Makka mushriklaridan) yiroq emasdir, (ya'ni, o'sha kofirlarning oqibati nima bo'lganini ko'rib ibrat olsalar bo'lmaydimi?!) (Hud surasi, 82-83-oyatlar) Bunday g'ayritabiiy amal jamiyatni xalokatga, inson naslini buzilishiga va alal oqibat insoniyat tanazzuliga olib keladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham marhamat qilib aytadilarki: “Ummatim xususida qo'rqqan narsamning eng qo'rqinchlisi Lut qavmining amalidir” (Imom Ibn Moja rivoyati). Boshqa bir hadisi sharifda esa: "لَعَنَ اللَّهُ مَنْ عَمِلَ عَمَلَ قَوْمِ لُوطٍ ، لَعَنَ اللَّهُ مَنْ عَمِلَ عَمَلَ قَوْمِ لُوطٍ ، ثَلاثًا" (رواه الامام أحمد) “Lut qavmi amalini qilgan kimsani Alloh la'natlasin! Lut qavmi amalini qilgan kimsani Alloh la'natlasin!”, deb uch bora takrorlaganlar. (Imom Ahmad rivoyati). Bu amal pok insoniy fitratga ham umuman to'g'ri kelmaydigan yaramas amaldir. Imom Zahabiy rohimahulloh o'zlarining “Al-Kaboir” asarida: “Erkak kishi erkak kishi bilan qo'shilishligi zinodan ko'ra sharmandaliroqdir”, deganlar. Юqoridagi kabi jirkanch illatga qarshi kurashishda barcha jamoatchilik bir bo'lib harakat qilmog'imiz lozim. Aziz xalqimizni bu illatdan ogohlantirishimiz barchamizning burchimizdir. Musulmon shaxs yomonlikka rozi bo'lmaydigan, uni rad qiladigan, imkoni boricha yaxshilikka buюrib, yomonlikdan qaytaradigan etuk shaxs bo'lmoqligi lozim. Vallohu a'lam.