Assalomu alaykum. Sochni kuydirsa, ya’ni piyorыshka qilsa bo‘ladimi dinda?
Vaalaykum assalom. G‘usl paytida sochning har bir tolasiga va bosh terisiga suv yetishi farzdir. Agar siz aytgan ushbu amaliyot soch ustida suv o‘tkazmaydigan qatlam hosil qilsa, u holda g‘usl mukammal bo‘lmaydi va o‘z navbatida, bunday muolajani nojoiz qiladi. Shuningdek, muolaja sochga yoki inson salomatligiga jiddiy zarar keltirmasligi ham shart. Chunki badanga qasddan zarar yetkazish mumkin emas.