ARVOZGA BAVL QILSA BO‘LADIMI?

ID: 349

04.04.2025

18

Savol:

Arvoz (g‘usl qiladigan joy)ga ya’ni g‘usl qiladigan joyga bavl qilsa bo‘ladimi? Ba’zi bir kishilar bo‘lmaydi, arvozga siysa jin tegadi deydi. Shu qanchalik to‘g‘ri?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Shariatimizda g‘usl qiladigan joyga bavl qilishdan qaytarilgan. Ko‘pchilik ulamolar buni makruh sanashgan. Bunga quyidagi hadis ham ochiq dalolat qiladi: 

عن عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مُغَفَّلٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : ( لَا يَبُولَنَّ أَحَدُكُمْ فِي مُسْتَحَمِّهِ ، فَإِنَّ عَامَّةَ الْوَسْوَاسِ مِنْهُ (رواه الامام الترمذي والامام النسائي والامام أبو داود) 

Abdulloh ibn Mug‘affal raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sallallohu alayhi vasallam: "Sizlardan biringiz cho‘miladigan joyiga bavl qilmasin, chunki hamma vasvasa shundan kelib chiqadi", — deganlar (Imom Termiziy, Imom Nasaiy, Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Ba’zi ulamolar, suv oqib ketadigan joy bo‘lsayu, ehtiyoj bo‘lsa, bavl qilishning zarari yo‘q, deyishgan. Lekin imkon qadar bundan saqlangan ma’qul. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar