CHAQALOQ SOCHI OLGANDA KUMUSH NARXI

ID: 4232

16.11.2025

193

Savol:

Assalomu alaykum. Chaqaloqning sochini olib, uning miqdorini kichik hajmlarni o'lchay oladigan tarozida bilib olinadimi? Shundan so'ng, kumush narxida mablag'ni o'sha miqdorga mos holda kimlarga beriladi? Ayni paytda, ya'ni 2025 yil noyabr oyida bu narx qancha bo'ladi? Oldindan rahmat, Yaratgan Sizlarga kuch-quvvat bersin.

Javob:

Vaalaykum assalom. Chaqaloqning sochi olinib, zargarlik tarozisi kabi sezgir tarozida o'lchanadi va o'sha vaznga teng kumush yoki uning puli faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi.

Darhaqiqat, bu mustahab amal haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlariga: «Ey Fotima, uning (Husaynning) sochini olgin va sochining og'irligicha kumush sadaqa qilgin», deb buюrganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Kumush narxi har kuni o'zgarib turgani bois, siz ayni shu kundagi sof kumushning 1 grammi narxini zargarlardan aniqlab, o'shanga ko'ra sadaqani ado qilasiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar