QARZDOR INSON HAM USHR BERADIMI?

ID: 64

04.04.2025

203

Savol:

Qarzdor odam zakot bermaydi, deb eshitganman. Ushrda ham shunday bo‘ladimi? So‘rayotganim sababi mening qarzlarim bor. Qarzim bo‘la turib, dehqonchilik mahsulotlarimdan ushr berishim kerakmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Qarzdor bo‘lish ushr berishdan man qilmaydi.

Chunki ushr bilan zakotning bir necha farqlari bor:

  • Zakot bir yilda bir marta beriladi. Ushr olingan hosildan beriladi. Bir yilda bir necha marta hosil olish mumkin; 
  • Zakotda nisob mavjud. Ushrda esa, chiqqan hosil qancha bo‘lishidan qat’iy nazar o‘ndan bir yoki yigirmadan biri beriladi; 
  • Zakot qarzdorga vojib bo‘lmaydi. Ya’ni bir shaxsning qarz miqdoridan ortiq nisobga yetarli puli bo‘lmasa, zakot bermaydi. Ushr qarzdorga ham, qarzi yo‘qqa ham vojib bo‘laveradi. Bu hukmni ko‘plab fiqhiy manbalar zikr qilgan. Bu borada “Fatovo tatarxoniya” kitobida shunday deyilgan:

ويجب العشر على المديون بخلاف الزكاة

“Zakotga xilof ravishda ushr qarzdorga ham vojib bo‘ladi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar