Assalomu alaykum. Men har doim kichik bavldan keyin istibro qilaman, keyin istinjo qilib, jinsiy a'zoimni artaman. Har ehtimolga qarshi siydik tommasin deb, a'zoyimni artganimdan so'ng юmshoq salfetkani buklab, uchburchak qilib, jinsiy a'zo uchiga qo'yib ichidagini shimdirib, quritib olaman. Salfetka ozgina miqdorda nam bo'lib chiqadi. Shunda men ozgina bo'lsa ham siydik chiqqani uchun yana istinjo qilishim kerakmi yoki ozgina chiqsa ziyoni yo'qmi? Iltimos, shu ishimga aniqlik kiritib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat!
Vaalaykum assalom. Agar chiqqan namlik faqat salfetkaga shimilib, badanning boshqa qismiga tarqalmagan bo'lsa, qayta istinjo qilish lozim emas. Vallohu a'lam.