SIRKA HAQIDA DINIMIZDA NIMA DEYILGAN?

ID: 530

04.04.2025

177

Savol:

Bir odam menga sirka ichib turish yaxshi deb aytdi. Aytingchi, sirka haqida dinimizda nima deyilgan?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Odatda sirka uzum, olma va boshqa mevalardan tayyorlanadigan ichimlik bo‘lib, iste’moli halol narsadir. Sirka haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar vorid bo‘lgan. Shulardan biri Imom Termiziyning “Shamoil”larida Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisdir. Unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

نعم الادام الخل

“Sirka qandayam yaxshi nonxurush (nonga qo‘shib yeyiladigan narsa)dir” deganlar.

 (شمائل ترمذي باب ما جاء في صفة ادام رسول الله صلي الله عليه و سلم)

Shuning uchun sirka ichib turish bir tomondan yegan taomimizni hazm bo‘lishida yordam bersa, ikkinchi tarafdan u bilan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini bajargan bo‘lar ekanmiz. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar