SHURUQ (ISHROQ) NAMOZI

ID: 3775

30.10.2025

150

Savol:

Assalomu alaykum Domla. Shuruq namozini vaqti va davomiyligi haqida ma'lumot bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Aksar ulamolar nazdida, Shuruq va Zuho namozlari aslida bir namoz bo‘lib, uning alohida tugash vaqti yo‘q. Ushbu namoz o‘z vaqtining eng avvalida o‘qilganida «Ishroq» deyiladi va uning vaqti Zuho namozining vaqti tugaguniga, ya’ni zavolga (quyosh tikkaga kelishiga) qadar davom etadi.

«Quvayt fiqh entsiklopediyasi»da bunday xulosa qilingan:

بتتبع ظاهر أقوال الفقهاء والمحدثين يتبين: أن صلاة الضحى وصلاة الإشراق واحدة إذ كلهم ذكروا وقتها من بعد الطلوع إلى الزوال ولم يفصلوا بينهما.

Tarjimasi: «Faqihlar va muhaddislarning so‘zlarini o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ladiki, Zuho va Ishroq namozlari bitta namozdir. Zero, ularning barchasi bu namozning vaqti quyosh chiqqanidan to zavolgacha ekanini zikr qilishgan va ikkisining orasini ajratishmagan». Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar