SHUBHA GUMONDAMAN(KASBIM HAROM YOKI HALOLLIGIDAN)

ID: 6797

30.01.2026

301

Savol:

Assalomu alaykum, men bir katta bank boshqaruvchisiman ya'ni boshlig'i.15 yildan beri bankda faoliyat ko'rsataman. 6 yildan beri rahbar lavozimida. Bankning asosiy faoliyati kredit berish, foizga omonatlarni jalb qilish. Hammasida shartnomalarni men imzolayman. Kreditlarni ma'lum bir foiz evaziga beramiz. Oldinlar ahamiyat bermasdim kasbimni halol yoki haromligiga. Hozirda halovatim yo'qolgan.Oyligim yaxshi. Boshqa kasb hunarim yo'q. Boshqa daromad manbaim yo'q. Oilani asosiy boquvchisi menman. Kreditlarim bor, farzandlarim xususiy maktab bog'chalarda tahsil olishadi. Tashlab chiqib ketsam ta'minotsiz qolishlaridan qo'rqib ishimni tashlab keta olmayapman. Чunki nima ish qilishni bilmayman. Lekin izlanishdaman. Shubxa gumonlar qiynab юbordi. Nima maslahat berasiz. To'g'ri yo'lni ko'rsating iltimos...

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Savolingiz bir muncha tafsilotga muhtoj. To'liqroq javob olish uchun Fatvo markaziga kelishingizni tavsiya qilamiz. Agar kelishni hech imkoni bo'lmasa, 781503344 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar