SHAVVOL OYI RO‘ZASINING QAZOSI BORMI?

ID: 281

04.04.2025

45

Savol:

Ayrim bir sabablarga ko‘ra shavvol oyining 6 kunlik ro‘zasidan 3 kunini tuta olmay qoldim. Qanday qilib Shavvol oyi ro‘zaning qazosini tutsam bo‘ladi? O‘zi Shavvol ro‘zasini qazosi bormi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Shavvol oyi ro‘zasini tuta olinmagan bo‘lsa, uning qazosini tutilmaydi. Chunki u nafl — ixtiyoriy ro‘za hisoblanadi.

Lekin shavvol oyining ajriga — bir yillik ro‘zaning savobiga erishishning boshqa yo‘li ham bor. Buning uchun har qamariy oyda uch kun ro‘za tutilsa, bir yil ro‘za tutgan savobiga erisha oladi. Bu haqida quyidagi sahih hadisda shunday va’da qilingan.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumo aytadi: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga mening "Allohga qasamki, hayot ekanman, kunduzi ro‘za tutaman, tunni ibodat bilan o‘tkazaman", deyayotganim xabar qilindi. Men u zotga dedim: "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, haqiqatdan ham shunday dedim". U zot: "Sen buni qila olmaysan. Shu bois, ro‘za ham tut, og‘zi ochiq ham yur. Bedor ham bo‘l, uxlagin ham. Oyda uch kun ro‘za tut. Zero, yaxshilik evaziga uning o‘n barobari bordir. Mana shu yil-o‘n ikki oy ro‘za tutgan kabidir", dedilar (Imom Buxoriy rivoyatlari). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar