“Agar meni ruxsatimsiz kuchaga chiqsang va uzok joyga aloxida bir uzing taksi zakaz kilib yolg‘iz yursang, taloqsan.” deb jaxl ustida ayolimga aytdim. Nima deganizi bilasimi deb bakir chakir kilganidan kegin sen bundan kegin yana kaytardim “Agar meni ruxsatimsiz kuchaga chiqsang va uzok joyga aloxida bir uzing taksi zakaz kilib yolg‘iz yursang, taloqsan.”deb yana aytdim. lekin taloq berish niyatida aytmadim. fakatgina qo‘rkitish va jaxl ustida aytilgan. xali ruxsatimsiz kuchaga chikmadi va bu shart topilmadi. talok tushmadi. meni savolim bu shartni kaytarib taloqni shartini qaytarib olsam bo‘ladmi va 2 chi savolim yana kayta nikox o‘qitishim kerakmi yoki idda saqlashimiz kerakmi
Bismillahir rohmanir rohim. Avvalo har bir ishga taloqni bog‘layverish to‘g‘rimas. Bu ish bora bora o‘rtaga taloq voqe bo‘lishiga yoki erni taloq borasida vasvasaga tushib qolishiga olib boradi. Sizning holatingizga hali o‘rtaga taloq tushmagan. Ammo buni to‘g‘irlashni yo‘li ayolingiz har safar Sizdan ruxsat so‘rashi yoki unga "shu sanagan ishlarimni barchasida senga ruxsat berdim" deb umumiy ruxsat berib qo‘yishingizdir. Vallohu a’lam.