Shartga bog‘lab taloq qilsa va shu shart vujudga kelsa, taloq tushadimi? Agar niyatida bo‘lmasa hammi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Er biror shartga bog‘lab taloq qilsa va o‘sha shart yuzaga chiqsa, taloq tushadi. Masalan: "Mana shu hovliga kirsang, taloqsan", desa, xotin shu hovliga kirishi bilan taloq tushadi. Taloq lafzini ochiq oydin aytib turgani uchun niyati e’tiborga olinmaydi. Erkak bu gapini qaytarib ham ololmaydi.
Shuni eslatamizki, taloq masalasi er-xotin guvohligida yuzma-yuz suhbatda hal qilinadi. O‘rtalarida taloq masalasi yuzaga chiqqan er-xotinlar masjid imomiga murojaat qilishlari tavsiya qilinadi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.