SHARIATDA TAQIQLANGAN NARSALAR SAVDOSIDA ISHTIROK ETISH

ID: 9262

13.03.2026

103

Savol:

Do'konda ishchi bo'lib ishlayman va bu do'konda sigaret sotiladi. Xo'jayinga «sigaret sotmaylik» desam, ishdan ketishim mumkin, shuning uchun ayta olmayman. Mening sigaret sotishim gunohmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Ulamolar, jumladan Islom fiqhi akademiyasi, tamaki iste'molini halol emas deb fatvo berganlar. Chunki u inson salomatligiga jiddiy zarar etkazadi. Shuning uchun tamaki mahsulotlarini sotish ham joiz emas. Zero, harom yoki zararli narsani tarqatish va unga yordam berish ham shar'an man qilingan. Agar siz ushbu do'konda tamaki sotmasdan ishlash imkoniga ega bo'lsangiz, u holda ishlashingiz mumkin. Ammo tamaki sotishdan tiyila olmasangiz, bunday ishda davom etishingizga ruxsat berilmaydi. Alloh taolo halol rizq topishingizni nasib etsin va sizga yaxshiroq ish o'rni ato qilsin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar