Shahrizoda ismini qo‘yish dinda mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Shahrizoda ismini qo‘yish joizdir. Bu ism fors-tojikcha bo‘lib ochiq chehrali, jilmayib turuvchi, tabassumli ma’nosini anglatadi.
Farzandlarga chiroyli ism qo‘yish ota-onaning birinchi burchlaridan biridir. Chiroyli ism ularni axloqli, komil inson qilib tarbiya qilishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilishini unutmaslik kerak.
Ammo hozir ba’zilar farzandiga turli shaxslar, ayniqsa, G‘arb tomonlarda urf bo‘lgan ismlarni qo‘ymoqda. Hadislarda Allohga eng ko‘p yoqadigan ism U zotga bandalikni anglatadigan ismlar ekanligi aytib o‘tilgan. Masalan, Abdulloh, Abdurrahmon, Abdulkarim va hokazo.
Qizlarga qo‘yiladigan ismlar ham nubuvvat xonadoni xonimlarining ismlari, avliyolik maqomiga erishgan ko‘plab soliha ayollarning ismi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.