SA’YDAN KEYIN IKKI RAKAT NAMOZ O‘QISH

ID: 276

04.04.2025

91

Savol:

Sa’ydan keyin ikki rakat namoz o‘qish sunnatmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Sa’ydan forig‘ bo‘lgach Masjidul haromda ikki rakat namoz o‘qish mustahab amal hisoblanadi. Bu haqida “G‘unyatun nosik” kitobida quyidagicha keltirilgan:

وندب ان یختم السعی برکعتین فی المسجد کالطواف

 “Tavofda bo‘lganidek sa’ydan forig‘ bo‘lgach, ikki rakat namoz o‘qishlik mustahabdir”.

Xuddi shuningdek Imom Haskafiy “Durrul muhtor”da:

وندب ختمه (السعي) بركعتين في المسجد كختم الطواف

“Tavofda bo‘lganidek, sa’yni ham ikki rakat namoz o‘qish bilan tugatish mustahabdir” deganlar.

Bundan tashqari “Roddul Muhtor”, “Bahrur royiq” kabi mo‘’tabar kitoblarimizda ham sa’ydan keyin Masjidul haromning biror joyida ikki rakat namoz o‘qishni mustahab ekanligi aytib o‘tilgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar