Safo-Marva orasida sa’y qilishda sanoqda adashib ketsa, nima qilish kerak?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Sa’y asnosida qancha aylana qilganini bilmay qolsa, gumonidagi ozini oladi va shunga qarab qolganlarini bajaradi. Masalan, beshinchimi, oltinchimi deb, shak qilib qolsa, ozini, ya’ni beshinchi aylanani bajaribman deydi va oltinchini bajaradi.
ولو شك في عدد أشواط السعي أخذ بالأقل
“Agar sa’yning aylanasidagi sanoqda shak qilsa, ozini oladi”. (G‘unyatun nosik). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.