SA’Y QILAYOTGAN KISHINING TAHORATI BUZILSA

ID: 270

04.04.2025

54

Savol:

Sa’y qilishda tahorati sinib qolgan kishiga nima vojib bo‘ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Sa’y qilayotgan kishining tahorati bexosdan buzilsa, uning zimmasiga biror kafforat vojib bo‘lmaydi. Ammo tahoratsiz sa’y qilish makruh bo‘ladi. Hanafiy mazhabimizning mo‘tabar manbalaridan biri bo‘lgan Fatavoi Hindiya kitobida shunday deyilgan:

الطهارة من الحدث الحكمي أثناء السعي سنّة من سنن السعي. والسعي محدثا متعمدا مكروه. ومن طاف على طهارة ثم  انتقض وضوؤه أثناء السعي فكمله محدثا فسعيه صحيح  الفتاوى الهندية،

Ya’ni: Sa’y asnosida tahoratli bo‘lish sa’yning sunnatlaridan bo‘lib, qasddan tahoratsiz sa’y qilish makruhdir. Kimki, tahoratli holida sa’y qila turib, sa’y asnosida tahorati buzilsa va shu holida sa’yni oxiriga yetkazib qo‘ysa, sa’yi durust bo‘ladi (ya’ni qaytadan sa’y qilishi shart bo‘lmaydi).

Demak, tahoratli holda sa’y qilish sunnat va bunga imkon qadar qattiq e’tibor qaratish lozim. Bordiyu, sa’y asnosida tahorat buzilsa, bu jinoyat hisoblanmaydi va zimmaga biror jazoni vojib qilmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar