SAVOL

ID: 3222

12.10.2025

40

Savol:

Assalomu alaykum. YEngni shimargan holda namoz o‘qish makruhmi?

Javob:

Ha, yengni shimarib namoz o‘qish makruh sanaladi. Bu holat namozning odoblariga va xushu’siga ziddir. Mo‘’tabar manbalardan bo‘lgan "Raddul muhtor" kitobida bu haqda shunday deyilgan:

وكره كفه أي رفعه ولو لتراب كمشمر كم أو ذيل ...أما لو شمر وهو فيها تفسد لأنه عمل كثير

"Kiyimni qaytarish (ya’ni, ko‘tarish) makruhdir. Garchi bu tuproqdan saqlanish uchun bo‘lsa ham. Masalan, yengni yoki kiyim etagini shimarish kabi... Agar namoz ichida shimarsa, bu ko‘p amal hisoblangani uchun namozi buziladi".

Bundan ko‘rinadiki, namozga kirishishdan avval yenglarni shimarib olish namozni makruh qilsa, namoz asnosida bu ishni qilish uni buzadi. Shu sababli namozga kirishdan avval libosni tartibga solib olish maqsadga muvofiqdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar