SAVDODA TELEFON EKRANI ALMASHGANINI YASHIRISH

ID: 3988

06.11.2025

72

Savol:

Assalomu alaykum. Savdo-sotiq masalasida savolim bor edi. Bir telefonim bor, eskiroq. Ekranini sindirib olib, yaqinda ekranini almashtirdim. Yangidek bo‘ldi. Hammasi yaxshi ishlayapti. Shuni sotmoqchiman. Ekrani almashganini aytib sotsam, ancha arzon so‘rashadi. Endi shuni sotsam, ekranini almashtirganimni aytishim kerakmi yoki shart emasmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Tijoratchilar nazdida ayb hisoblanadigan har qanday narsani savdo payti aytish shart. Yashirsa gunohkor bo‘ladi. Hadisi sharifda: "Kim bizni aldasa, u bizdan emas" (Imom Muslim rivoyati), deyilgan.

Telefon ekrani almashtirilgani, garchi hozir yaxshi ishlayotgan bo‘lsa ham, xaridorlar nazdida uning qiymatiga ta’sir qiluvchi jihat hisoblanadi. Shu sababli, savdongiz halol bo‘lishi va gunohdan saqlanish uchun, arzonroq sotilsa-da, bu haqda xaridorga ochiq aytishingiz shart.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar