SAVDO SOTIQ

ID: 3898

04.11.2025

126

Savol:

Assalomu alaykum. Men Kosonsoy tumanidanman. Mening savolim savdo haqida. Men qurilish mollari, santexnika savdosi bilan shug‘ullanaman. Savdoyimda o‘lchab kesish ko‘p bo‘ladi. Hozirgi o‘lchagichlar (bizning tilda metr deydi) bir-biridan bir necha sm ga farq qiladi. Shunga ko‘ra, o‘lchab bergan narsalarimiz farqli bo‘lib qoladi. Ba’zilari ko‘proq, ba’zilari kamroq bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lgan taqdirda biz gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom. Muqaddas dinimizda o‘lchov va tarozidan urib qolish qattiq qoralangan va bu katta gunohdir. Sizning zimmangizda xaridorga u so‘ragan miqdorni to‘liq va aniq o‘lchab berish majburiyati bor. O‘lchagichlaringiz noaniq ekanini bila turib, mijozga kam berib qo‘yish ehtimoli borligi savdoyingizni halolligiga putur yetkazadi. Shuning uchun, darhol o‘lchagichlaringizni sozlang yoki aniq standartdagisiga almashtiring. Agar buning imkoni bo‘lmasa, har bir xaridorga holatni aniq tushuntirib, ularning roziligi bilan savdo qiling. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar