SAVDO SOTIK

ID: 3827

01.11.2025

64

Savol:

Man 10 yildan kuprok dorixonada ishlayman.Shu vakt mobaynida judayam kup kasallarga karzga dori darmon berganman.Shulardan kupi karzini tulamay ketgan. Kupini karzidan kechganman yana kupi kochib yuribdi. Shunga olishimga kuzim yetmayapti shunga bu dori darmonni pulidan voz kechishim kerakmi yoki boshka chorasi bormi oldindan razmat

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Agar qarzdor qarzini to‘lashga imkoni bo‘la turib beparvolik qilib yurgan bo‘lsa, uni kechvormasdan so‘rashda davom etiladi. Bordiyu, imkonsizlikdan bera olmayotgan bo‘lsa qarzni yengillatib berish yoki butunlay kechishda savob bor. Bu borada hadislarda bunday deyilgan:

عن أبي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلي الله عليه وسلم من أنظر معسرًا أو وَضع له، أظلَّه اللهُ يومَ القيامةِ تحتَ ظلِّ عرشهِ، يومَ لا ظلَّ إلا ظلُّه رواه الترمذي

Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim kambag‘alga muhlat bersa yoki uning qarzidan kechsa, Alloh taolo Qiyomat kuni O‘zining soyasidan boshqa soya yo‘q kunda O‘z Arshi soyasi ostida uni soyalantiradi”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Uning otasi yashirinib yurgan qarzdorni izlab topib oldi. Shunda u: “Qiynalib qolganman”, dedi. Abu Qatodaning otasi: “Allohga qasamki, Allohga qasamki” deb: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kunining mashaqqatlaridan Alloh taolo uni xalos qilmog‘i kimni xursand qilsa, qo‘li kalta kishiga muhlat bersin yoki uni qarzini kechsin” deyayotganlarini eshitganman”, dedi”. (Imom Muslim rivoyati). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar