Assalomu Aleykum. Bir do‘stim bir mahsulotni naqd emas bo‘lib to‘lash sharti bilan olmoqchi. Savolli joyi naqdga olsa boshqa, bo‘lib to‘lashga esa boshqa (qimmatroq) narx qo‘yilgan, ammo u yerda foiz qo‘shilishi yo‘q ekan. Bunday savdo joizmi?
Bunday savdo joiz. Muhimi, savdolashayotgan paytda ikki xil narx taklif qilinsa-da, shartnoma tuzish paytida faqat bitta narx va aniq muddatga kelishib olinishi shart. Agar narx aniqlanmasdan, "naqdga olsang shuncha, nasiyaga olsang buncha" degan ikkilanish bilan tarqalinsa, savdo durust bo‘lmaydi. Ammo bir narxga kelishilsa va unga keyinchalik foiz yoki kechikkanlik uchun jarima qo‘shilmasa, bu ribo hisoblanmaydi.