SAVDO BO'YICHA

ID: 2813

25.09.2025

57

Savol:

Assalomu aleykum men chet elda student man Yaponiyada pokemon karta degan uyin bor shuni olib sotish qanchalik joiz Pokemon karta 1 blokida 30 ta kartalar bor shuni ichida 140 xil yaqinida kartalar bor undan taqriban 5 xil juda qimmat shu qimmat karta chiqib qolsa qimmatroq sotadi Tan narxi 1 bolki taqriban 500 ming shuni intertenda 1 mln atrofida sotiladi

Javob:

Ba’zi o‘yinlar va ularda ishlatiladigan vositalar insonni Allohni zikr qilishdan chalg‘itishi, vaqtini behuda o‘tkazishiga sabab bo‘lishi va eng yomoni – qimorga vosita bo‘lishi mumkin.

Dinimizda qimor qat’iyan harom qilingan va unga olib boruvchi har qanday vositadan ehtiyot bo‘lishga chaqiriladi. Tarixda ham, bugungi kunda ham karta va narda toshlari kabi vositalar ko‘pincha aynan ana shunday harom o‘yinlar uchun ishlatilib kelgani sir emas. Shu sababli, ko‘pchilik ulamolar bunday vositalardan foydalanishni durust deb hisoblamaydilar. Albatta, mo‘min-musulmon kishi vaqtini foydali ishlarga sarflab, shubhali narsalardan uzoq bo‘lgani afzaldir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar