SAVDO

ID: 9423

17.03.2026

126

Savol:

Assalom alaykum aziz ustozlar. Mening savolim savdo haqida. Biz dehqonchilik bilan shug'ullanamiz va etishtirilgan mahsulotlarni gohida bozorga olib chiqib gohida uydan sotamiz. Uydan sotgan vaqtimizda ko'pincha narhni o'ynashi sababli yo dehqon yo oluvchi zarar ko'radi. Oluvchi molga aniq narh qo'ymay ertangi bozor narhiga qarab kelishamiz (ertangi bozor qancha bo'lsa Men molning Har kilosiga 1000 so'm foydamni olaman qolganini olib kelaman deydi). Savol shinday bay qilish shariatga to'g'ri keladomi? Javob uchun rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh. Yo'q, bunday savdo qilish durust emas. Чunki bu nizo va kelishmovchilikka olib keladi. Shuning uchun sizlar aniq bir summaga kelishib savdo qilinglar, so'ng agar bozor narxi tushib ketsa, mijozingiz zarar qilmasligi uchun, siz qanchadir summani o'z haqqingizdan kechishingiz mumkin bo'ladi, masalan siz mijozga "faloncha summa kam beravering, man roziman", deb aytishingiz mumkin bo'ladi. Ammo bu narsani oldindan shart qila olmaysizlar, balki siz mijozga va'da ko'rinishida aytishingiz mumkin. Yana ham batafsilroq ma'lumot olish uchun kol markazimizga, ya'ni 781503344 yoki 1171 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilib so'rab olishingiz mumkin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar