SAVDO

ID: 3434

18.10.2025

113

Savol:

Assalomu alaykum men telefon olib sotaman meni oldimga bir kishi kelib telefon sorasa yonimdagi dokondan baraka qilmay turib olib chiqib ustiga foyda qoyib sotsam bo'ladimi

Javob:

Va alaykum assalom. Yo‘q unday qilib bo‘lmaydi. Chunki siz o‘zingizniki bo‘lmagan narsani sotgan bo‘lasiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu ishdan qaytarib, shunday deganlar: لا تبِع ما ليسَ عندَكَ “O‘zingniki bo‘lmagan narsani sotma” (Imom Termiziy, Abu Dovud va Nasoiylar rivoyat qilishgan). Shuningdek, bir mahsulotni “Qachon, sotilsa, pulini beraman” degan shart bilan olsa ham savdo durust bo‘lmaydi. Bu haqida alloma Ibn Nujaym rohimahulloh shunday zikr qilganlar: وَلَوْ اشْتَرَاهُ عَلَى أَنْ يُؤَدِّيَ الثَّمَنَ مِنْ بَيْعِهِ فَهُوَ فَاسِدٌ كَذَا فِي الْبَحْرِ الرَّائِقِ . “Bir narsani pulini sotilsa berish sharti bilan xarid qilsa, savdo nojoiz bo‘ladi” (“Al-Bahrur-roiq”) (“Fatovoi olamgiriyya” kitobi). Demak, foyda qo‘yib sotish uchunnasiyaga bo‘lsa ham bir muddatni belgilab sotib olib ya’ni baraka qilib keyin sotish mumkin. Chunki nasiya savdoda muddat ta’yin qilinishi shart bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar