Assalomu alaykum, savolim bor edi. 5 gramm tilla sotib olib, pulimni ko'paytirish niyatida olib qo'ysam va tilla narxi oshganda yana sotib, pulimni ko'paytirsam, bu ribo hisoblanadimi? Shu masalada shar'iy hukmni bilmoqchi edim.
Vaalaykum assalom. Tillani sotib olib, keyinroq narxi oshganda foyda ko'rish maqsadida sotish shariatda ruxsat etilgan tijorat hisoblanadi va bunda ribo yo'q. Ammo bu savdo durust bo'lishi uchun shariatdagi tilla oldi-sotdisining qoidalariga amal qilish talab etiladi. Ya'ni, savdo vaqtida mablag' va tilla kechiktirilmasdan, shu majlisning o'zida naqd hamda qo'lma-qo'l ayirboshlanishi shartdir. Vallohu a'lam.