SALOMLASHISH

ID: 3163

09.10.2025

121

Savol:

Assalomu aleykum. Masjidda xar namozni ukib bulgandan keyin jamoat bir biri bilan qul berib surashish odat tusiga kirib kolgan (xatto bir kunda besh marta). Masjidning ichkarisida kul berib surashish mumkinmas deb eshitgandim.Kanday qilinsa joyiz buladi?

Javob:

Va alaykum assalom! Umuman olganda musulmon kishilarning bir birlari bilan uchrashganlarida salomlashishlari sunnat hisoblanadi. Bu haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar vorid bo‘lgani hammamizga ma’lum. Masjidga kirganda namozxonlarga xalaqiq bermagan holda Assalomu alaykum deb kirishning zarari yo‘qdir. Lekin masjidda namozlardan so‘ng ko‘rishishni odat qilib olish makruh deyilgan. Chunki doim qilinarversa, ba’zi avom kishilar namozdan keyin masjidda ko‘rishish ibodatning bir juz’i ekan, bu sunnat ekan, deb o‘ylab qolishi mumkin. Bunda ibodat bo‘lmagan narsani ibodatning ichiga kiritib yuborish xavfi vujudga keladi. Qolaversa, fiqhiy manbaalarda: "masjid xonaqohida qo‘l berib ko‘rishish-so‘rashish, dunyoviy gaplarni gapirish makruhdir" ("Fatovoyi Olamgiriya") deyiladi. Zero, xonaqoh faqat Alloh taoloni zikr qilish va ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish joyidir. Shunday ekan, salomlashishni masjid ichida emas, hovlisida qilish va odat qilib olmasdan ba’zan tark etib turish kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar