SAJDANI UZOQROQ QILISHIM MUMKINMI?

ID: 541

04.04.2025

29

Savol:

Farz namozlarini yakka holda o‘qiganimda sajdani uzoqroq qilishim mumkinmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Mumkin. Namozda ruku va sajda tasbehlarni uch martadan aytish sunnat. Toq holatda 5, 7, 9... qilib ko‘paytirish esa, nur ustiga nurdir.

عن ابن مسعود - رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ - قال: قال رسول الله - صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ -: «إذا ركع أحدكم فليقل ثلاث مرات سبحان ربي العظيم وذلك أدناه، وإذا سجد فليقل: سبحان ربي الأعلى، ثلاث مرات، وذلك أدناه» هذا لفظ أبي داود وابن ماجه.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlardan biringiz ruku qilsa, uch marta subhaana robbiyal aziym, desin. Bu eng ozidir. Sajda qilsa, uch marta subhaana robbiyal a’la, desin. Bu eng ozidir", dedilar.

Bu hukmlar yolg‘iz namoz o‘quvchilar uchundir. Ammo imom tasbehlar sonini ko‘paytiraman deb, jamoatdagi namozxonlarni bezdirib qo‘yishi mumkin emas. Shuning uchun, imom kishi hadisda kelgan miqdordan oshirmasligi kerak. U ham bo‘lsa, tasbehlarni uch martadan aytishdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar