SAJDAI SAHVDA SALOM BERISHNI UNUTISH

ID: 6510

24.01.2026

75

Savol:

Sajdai sahv qilishdan oldin ikki tomonga salom berishni unutib, to'g'ridan-to'g'ri sajdaga ketsa, namozi va sajdai sahvi durust bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Agar namozxon sajdai sahv qilishdan oldin salom berishni unutib, to'g'ridan-to'g'ri sajdaga ketsa, uning namozi ham, qilgan sajdai sahvi ham durust bo'laveradi. Biroq sunnatga xilof qilingani sababli, bu ish tanzihiy makruh sanaladi.

«Durrul muxtor» kitobida ushbu masala юzasidan quyidagi ibora keltirilgan:

وَلَوْ سَجَدَ قَبْلَ السَّلَامِ جَازَ وَكُرِهَ تَنْزِيهًا

"Agar salom berishdan oldin sajda(i sahv) qilsa, joiz bo'ladi, (lekin) tanzihiy makruhdir." Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar