Assalom alaykum. Bomdod namozini o'qiyotib, oxirida sajdai sahv qilayotganda quyosh chiqib qolsa, shu vaziyatda nima qilish kerak?
Vaalaykum assalom. Tashahhuddan so'ng salom berib, sajdai sahv qilayotganda quyosh chiqib qolsa, uning namozi o'z-o'zidan yakuniga etadi. Shuning uchun darhol sajda qilishni to'xtatish lozim. Darhaqiqat, ushbu namozni keyinchalik qayta o'qib olish shart emas. Vallohu a'lam.