Assalamu alaykum! Savolim shundan iboratki masjidda qur’on o‘qiyotganimda bir surada sajda oyatini o‘qidim, keyin qori ovozini chiqarib aynan shu suradagi sajda oyatini jamoatga o‘qidi (namozda emas), shunday xolatda men necha marotaba sajda qilaman
Sajda oyatini bir o‘rinda o‘tirgan holda bir necha marta o‘qisangiz yoki eshitsangiz ham, sizga bir marta sajda qilish kifoya qiladi. Siz o‘zingiz o‘qiganingiz va qoridan eshitganingiz uchun ham bir marta tilovat sajdasini ado etsangiz, vojibni bajargan bo‘lasiz. Chunki ikki sabab (o‘qish va eshitish) bir joyda va bir vaqtda jamlandi.