SAHARLIKNI KECHIKTIRISH MUMKINMI?

ID: 830

04.04.2025

64

Savol:

Saharlikni taqvimda ko‘rsatilgan vaqtdan 10-15 daqiqa o‘tkazib qilsa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Yo‘q, bo‘lmaydi. Taqvimda ko‘rsatilgan vaqtdan o‘tkazmaslik kerak, iloji bo‘lsa ehtiyotini olib, ko‘rsatilgan vaqtdan 5-10 daqiqa oldin yeb-ichishni to‘xtatish zarur. Chunki tong otgandan keyin saharlik qilgan kishi ro‘zani buzgan bo‘ladi va Ramazondan keyin bir kun qazo tutib beradi. 

Agar kishi o‘yg‘onganda saharlik qilishga vaqt qolmagan bo‘lsa, hech narsa yemay-ichmay, ro‘za tutishni niyat qiladi. Saharlikdan quruq qolgan bo‘lsa ham, ro‘zasi durust bo‘ladi. Ba’zilar saharlikdan kech qolgan bo‘lsa ham, nimadir yeb yoki ichib og‘iz yopish kerak, deb xato qilishadi. Chunki saharlik qilish farz emas, buning ustiga saharlik vaqti o‘tgandan keyin biror narsa yeb yo ichib og‘iz yopsa, o‘sha kungi ro‘zasini buzib qo‘ygan bo‘ladi. Natijada Ramazondagi bir kunlik ro‘zaning savobidan mahrum bo‘ladi. Bu savobni boshqa oylarda qancha ro‘za tutsa ham topa olmaydi. Vallohu a’lam. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar