Muqumlikni chegarasi 90 km ekan, bir inson 1-3-7 kun yoki undan ko'proqni (15 kundan o'tmagan) niyat qilib yo'lga chiqsa, o'zi yashaydigan chegaradan o'tgan bo'lsa (o'zi yashaydigan xudud chegarasi 15 km radiusda), 50 yoki 70 km юrganda namoz vaqti kirdi, qaysi namozni niyatini qiladi Muqumlikni yoki musofirnikinimi? Xuddi shuni aksi bo'lsa nima qiladi, ya'ni uyiga qaytish niyati bilan yo'lga chiqdi, yashash xududigacha 40-60 km qoldi, namoz vaqti kirdi unda qaysi xolat bo'yicha o'qiydi? Ilmsizligim uchun mani kechiring.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ikkala holatda ham namozni qasr qilib o'qiysiz. Chunki shar'iy safar masofasini (90 km) niyat qilib, yashash hududingiz chegarasidan chiqishingiz bilan sizga musofir hukmi joriy bo'ladi. Qancha yo'l юrganingiz yoki uyga qancha qolgani emas, balki niyat muhimdir. Qaytishda ham toki o'z yashash hududingizga kirib kelguningizcha musofir hisoblanasiz. Vallohu a'lam.