Assalomu alaykum Eri yo‘q ayolning o‘g‘il farzandi voyaga yetmagan bo‘lsa, u ayolga mahram hisoblanadimi, ya’ni umraga birga borsa bo‘ladimi?
Safarga chiqadigan ayolga hamrohlik qiluvchi mahramning balog‘atga yetgan bo‘lishi shart. O‘g‘il bola ehtilom bo‘lishi yoki o‘n besh yoshga to‘lishi bilan balog‘atga yetgan hisoblanadi. Shuning uchun, voyaga yetmagan o‘g‘il farzand onasiga umra safarida mahram bo‘la olmaydi. Bu holatda ayol kishi boshqa bir shar’iy mahram bilan safarga chiqishi yoki mahrami balog‘atga yetishini kutishi lozim.