RUKUDAN QAYTGANDA NIMA DEYISH KERAK?

ID: 217

04.04.2025

328

Savol:

Rukudan qaytganda "Robbana va lakal hamd" deyiladimi yoki "Robbana lakal hamd" deyish to‘g‘ri bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu jumlalarning har ikkisi fiqh kitoblarimizda zikr qilingan. Demak shu ikkisidan birini aytgan kishi sunnatga muvofiq amal qilgan bo‘ladi.

Ulamolar qaysi birini aytish afzalligi haqida turli so‘zlarni aytganlar. Hanafiy mazhabining mo‘’tabar matnlarida, jumladan, "Muxtasarul Quduriy", "Al-Muxtor" va "Kanz ad-daqoiq" kitoblarida "Robbana lakal hamd", deyish bayon qilingan. Bizning yurtlarda ham shu ko‘rinishi joriy bo‘lgan. Arabcha ko‘rinishi:

رَبَّنَا لَك الْحَمْدُ

Ma’nosi: "Ey, Robbimiz! Barcha maqtovlar senga xosdir". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar