RO‘ZADOR ODAM MISVOK ISHLATISHI

ID: 803

04.04.2025

10

Savol:

Ro‘zador odam misvok ishlatsa ro‘zasi ochiladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ro‘zador kishi misvok ishlatishi mumkin, ro‘zasi buzilmaydi. Bu haqida "Fatovol hindiya" kitobida shunday deyiladi:

وَلَا بَأْسَ بِالسِّوَاكِ الرَّطْبِ وَالْيَابِسِ فِي الْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ عِنْدَنَا

ya’ni: "Hanafiy mazhabimizda ho‘l va quruq misvokni ertayu kech ishlatishning zarari yo‘q". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar