ROZADOR HOLDA MISVOK ISHLATISH

ID: 3624

26.10.2025

169

Savol:

Assalamu Alaykum. Inson nafl yoki farz rozasini tutganda, misvok ishlatish joiz boladimi? Agar rozador bolib turib ishlatib qoygan insonni hukmni qanday?

Javob:

Ro‘zador kishi misvok ishlatishi mumkin, ro‘zasi buzilmaydi. Bu haqida "Fatovoi hindiya" kitobida shunday deyiladi:

وَلَا بَأْسَ بِالسِّوَاكِ الرَّطْبِ وَالْيَابِسِ فِي الْغَدَاةِ وَالْعَشِيِّ عِنْدَنَا

ya’ni: "Hanafiy mazhabimizda ho‘l va quruq misvokni ertayu kech ishlatishning zarari yo‘q".

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar