RO‘ZA QANDAY TUTILADI?

ID: 775

04.04.2025

42

Savol:

Ilk marotaba nafl ro‘za tutishga ishtiyoqim baland kelib turibdi. Bunda qanday niyat qilaman, niyatni qachon aytaman, qaysi duolarni niyatdan oldin yoki keyin aytaman? Shu haqida batafsil ma’lumot bersangiz.

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Ro‘za lug‘atda – “siyom” deb atalib, o‘zini bir narsadan tiyishni bildiradi. Shariat istilohida esa: “Tong otgandan to quyosh botgunicha niyat bilan ro‘zani buzuvchi narsalardan o‘zini tiyishdir”. Ya’ni, kishi saharlik vaqtidan to shom vaqtiga qadar yemay, ichmay, jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilmay turadi.

Subhi sodiq kirishi bilan saharlik vaqti tugab, ro‘za vaqti boshlanadi. Ikkisining o‘rtasini ajratib turadigan uchinchi bir vaqt yo‘q. Ushbu subhi sodiq vaqtini hamda og‘iz ochish (shom namozi) vaqtini O‘zbekiston musumonlari idorasining yillik taqvimi orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Saharlik o‘z vaqtida bo‘lgani afzal. Lekin subhi sodiq kirgan-kirmagani borasida ikkilanadigan darajada kechiktirish makruh. Ro‘za tutish niyatsiz bo‘lmaydi, albatta, niyat qilinib, saharlik duosi o‘qilishi lozim.

Og‘iz yopish duosi quyidagicha: “Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar”.

Iftorlik ham, albatta, duo ila qilinadi. Iftorlik (og‘iz ochish) duosi: “Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu birohmatika ya arhamar rohimiyn, Allohu akbar”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar