Meni savolim ko'p ayollarni qiziqtirsa kerak biz ayollar roza tututib oila azolarimiz uchun taom tayyorlaymiz taom pishish chog'ida uni tuzini ko'rish maqsadida ogzimizga ozgina solib koramiz bu orada tamini yaxshi sezamiz kigin ovqatni suv bilan ogzimizni chayib tashlaymiz bu mumkinmi xukmi qanday?
Uzrsiz taom tuzini totib ko'rish, bozordan meva sotib olayotganda tanlash uchun totib ko'rish makruh ishlardandir. Uzrli bo'lsa makruh emas. Masalan: erining xulqi yomonligidan taomning tuzini totib ko'rishga majbur bo'lsa, xo'jayining urishishidan qo'rqib, bozor mevalarini totib ko'rib xarid qilsa, makruh emas. Shuningdek, yosh bolaga ovqatni chaynab beradigan odam yo'qligidan ro'zador bo'la turib, o'zi chaynab berishi uzr hisoblangani uchun makruh sanalmaydi (“Fatovoyi Olamgiriya”).