RIBO EMASMI

ID: 5450

24.12.2025

185

Savol:

Assalomu alaykum varahmatullohi vabarakatuh. Biz ayollarni ichida 441ming ijtimoyi keshbek chiqqan yani tadbirkorlar tuhum gòsht shunaqa oziq ovqatlarni chekini bizga ohshagan ayollarga sotadi biz soliģimizga urib 441ming ijtimoyi nafaqa bolalar pulidek olamiz. Tadbirkorlar chekni savdodan qolgan chekni limitini 441ming tushadigan qilib yiģar ekan biz urgan chekdan ularga soliq tomondan katta soliq undirilgani uchun bizga sotip shu zararni qoplar ekan savolim shuky biz shu olayotgan pulimiz yani pulimizga sotip olib soliģimizga urib òzimizga chiqargan ijtimoyi nafaqamiz bizga halolmi javob uchun oldindan rahmat Alloh rozi bolsin

Javob:

Savol: Hozirda "Ijtimoiy himoya reestri"da turuvchilar uchun davlat tomonidan mahsulot narxidan 12% keshbek qaytarish tizimi yo'lga qo'yilgan ekan. Ba'zi odamlar o'zlari qilgan yirik xarid cheklarini o'sha reestrda turuvchilarga pul evaziga sotishyapti. Reestrdagi kishi bu chekni o'z nomiga o'tkazsa, davlatdan el qatori 1% emas, balki 12% keshbek olar ekan. Shu maqsadda cheklarni sotish yoki sotib olish joizmi? JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Yo'q, bu shakldagi oldi-sotdi amaliyoti joiz emas. Chunki bunda aldov va davlat mulkini nohaq o'zlashtirish mavjud. Zero ushbu imtiyoz faqat o'sha reestrdagi fuqarolarning shaxsiy xaridlari uchun ajratilgandir. Qolaversa, chek shar'iy «mol» sanalmagani va bu amaliyot qarzni sotish hukmida bo'lgani uchun uning savdosi nojoizdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar