RAMAZONDA TUXUM YEYISH MUMKINMI?

ID: 832

04.04.2025

21

Savol:

Ramazondagi saharlik yoki iftorliklarda tuxum yeyish mumkinmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Albatta, saharlik va iftorlikda tuxum yeyish joiz. Chunki iftordan keyin ro‘zador halol taomlardan xohlaganini yeyishi mumkin, jumladan, tuxumni ham. Bu borada birorta ta’qiq yo‘q. “Tuxum yeb bo‘lmaydi”, deyish uchun kamida bitta qat’iy dalil kerak. Bunday dalil esa yo‘q.

Muhim jihati, asli halol narsani haromga chiqarish Alloh taoloning quyidagi buyrug‘iga qarshi chiqishdir:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لَا تُحَرِّمُوا طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوا إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ  

ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi” (Moida surasi 87-oyat). Vallohu a’lam. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar