Assalomu alaykum yaxshimisiz Men Youtube dan chet el auditoriyasi uchun ingliz tilida video yuklab pul ishlamoqchi edim. 1. Agro texnikalari haqida maʼlumot, 2. Uy va yovvoyi hayvonlar va hasharotlar haqida maʼlumot va faktlar. Shu yoʻnalishlarda video qoʻyib pul ishlash joizmi halol boʻladimi? Javob uchun oldindan rahmat
Ha, mazkur yo‘nalishlarda foydali, ilmiy asoslangan va to‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish orqali daromad topish joiz. Buning uchun videolaringiz shariatda man qilingan axloqsizlik va yolg‘on ma’lumotlar kabi harom unsurlardan xoli bo‘lishi shart. Shuningdek, daromadingiz halol bo‘lishi uchun videolaringiz orqali namoyish etiladigan reklamalarning mazmuni ham shariatga zid bo‘lmasligiga e’tibor berishingiz lozim.