PASTGA QARAB YOTISHDAN QAYTARILGANI HAQIDA

ID: 859

04.04.2025

26

Savol:

Ayollar pastga, erkaklar tepaga qarab uxlashi kerak, deb o‘qigandim, keyin qorin bilan yotish mumkinmasligi haqida hadis o‘qidim, bu hadis ayollarga ham taalluqlimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Erkakka ham ayolga ham sunnat bo‘lgan uxlash o‘ng tomoni bilan Qiblaga qarab yotishdir. Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam Baro ibn Ozib raziyallohu anhuga shunday dedilar:

إذا أتيت مضجعك فتوضأ وضوءك للصلاة ثم اضطجع علي شقك الأيمن ثم قل اللهم أسلمت وجهي إليك وفوضت أمري أليك ... (رواه الإمام الباخاري عن البراء بن عازب رضي الله عنه)

Ya’ni: “YOtog‘ingizga kelsangiz (ya’ni, uxlamoqchi bo‘lsangiz) namozga tahorat qilgandek tahorat qiling, so‘ngra o‘ng tarafingiz bilan yoting, so‘ng: “Allohumma aslamtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka...(“Ey, Alloh! YUzimni senga taslim qildim, ishimni senga topshirdim”)”, - deb ayting”. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Hadisi sharifda garchi Baro ibn Ozib raziyallohu anhuga tavsiya berilayotgan bo‘lsada, bu barcha musulmonlarga tegishlidir. Buning foydalarini hozirgi kuni tibbiyoti ham bot-bot takrorlab turibdi. Qorinni yerga qaratib yotishdan esa hadisi shariflarda qaytariqlar bor. Zamonaviy tibbiyot ham buning zararli ekanini isbotlaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar