Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Uyimga quyosh paneli, ya'ni quyosh batareyasi o'rnatsam va ehtiyojlarimdan ortgan elektr energiyasini davlatga sotsam, shu pul halolmi yoki harom? Javob uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. O'zingizga tegishli uskuna yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi sizning shaxsiy mulkingiz hisoblanadi. Shu bois, ehtiyojingizdan ortgan qismini sotib daromad qilishingiz joizdir. Vallohu a'lam.