QUR’ONNI TUGATIB OTA-ONASIGA BAG‘ISHLASA BO‘LADIMI?

ID: 259

04.04.2025

24

Savol:

Qizi Qur’onni tugatib, ota-onasiga bag‘ishlasa bo‘ladimi? Agar ota-ona tirik bo‘lsachi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Albatta bo‘ladi. Bu borada mo‘’tabar fiqhiy manbalarimizdan biri “Badoi’us Sanoi’” kitobida shunday deyiladi:

قال في بدائع الصنائع: من صام أو تصدق أو صلى وجعل ثوابه لغيره من الأموات أو الأحياء جاز ويصل ثوابها إليهم عند أهل السنة والجماعة. 

“Kim ro‘za tutsa yoki sadaqa bersa yoki (nafl) namoz o‘qisa va savobini vafot topgan insongami  yoki tirik insongami bag‘ishlasa, bu joizdir va savobi Ahli sunna val-jamoaga ko‘ra ularga yetib boradi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar